Bosh sahifa/Indeksim

0 dan 100 gacha boʻlgan Moliq indeksi moliyangiz yangi kredit uchun qanchalik barqarorligini va uni yaxshilash uchun nima qilish kerakligini koʻrsatadi.

Bu rasmiy kredit reytingi emasBrauzerda hisoblanadi

Kirish tekshirilmoqda…

Moliq indeksi qanday hisoblanadi
  1. Qarz yuklamasi — 35 ballgacha. Kredit toʻlovlarisiz maksimal, DSTI 50% (MB limiti) va undan yuqorida nol.
  2. Boʻsh pul — 25 ballgacha. Xarajat va toʻlovlardan keyin qoladigan daromad ulushi; 40% va undan koʻpda maksimal.
  3. Daromad barqarorligi — 15 ballgacha. Rasmiy bandlik — 100%, pensiya — 85%, YaTT/oʻzini oʻzi band qilish — 70%, norasmiy — 35%, staj tuzatmasi bilan.
  4. Toʻlov intizomi — 25 ballgacha. Foydalanuvchi soʻzidan: kechikishsiz — 25, 30 kungacha — 12, 30 dan koʻp — 0. 3 tadan koʻp kredit — minus 5.

Shkala: 80–100 aʼlo, 60–79 yaxshi, 40–59 oʻrtacha, 40 dan past — yuqori xavf. Indeks — Moliqning oʻz dastlabki bahosi va rasmiy kredit balli hisoblanmaydi.