Bosh sahifa/Maxfiylik

Moliq kredit yuklamasi va indeksni toʻgʻridan-toʻgʻri brauzerda hisoblaydi. Serverga telefon raqami va parol (xesh koʻrinishida, kirish uchun) hamda anonim tashriflar statistikasi boradi.

Nima, qayerda va qancha saqlanadi

MaʼlumotlarQayerdaQanchaKimga beriladi
Daromad, xarajat, kreditlar, anketa javoblari, hisoblar tarixiFaqat shu qurilmadagi brauzeringizda (localStorage)Oʻzingiz oʻchirmaguningizchaHech kimga — Moliq serveriga yuborilmaydi
Telefon raqami, parol xeshi (scrypt), roʻyxatdan oʻtish va kirish sanalariMoliq maʼlumotlar bazasi (Supabase, Avstraliya)Hisob mavjud ekanSupabase — qayta ishlash shartnomasi boʻyicha saqlash
Raqamni tasdiqlash kodlari (xesh koʻrinishida)Moliq maʼlumotlar bazasiBir kundan koʻp emas—
AI yordamchiga savollarJavob uchun Moliq AI ga (Hugging Face) yuboriladi; Moliq ularni saqlamaydiMoliq saqlamaydi; Hugging Face — oʻz qoidalari boʻyichaHugging Face. Telefonlar, karta va pasport raqamlari, JShShIR va e-mail yuborishdan oldin olib tashlanadi
Tashriflar statistikasi: qaysi sahifalar ochilgan va nima bosilgan, oʻtish manbasi, mamlakat va shahar, qurilma va brauzer turiMoliq bazasi; brauzerda faqat siz bilan bogʻlanmagan tasodifiy id (localStorage) va varaq id si (sessionStorage). Cookiesiz. IP-manzil saqlanmaydi13 oygachaHech kimga. Brauzerda «Do Not Track» yoki Global Privacy Control yoqilgan boʻlsa, yigʻilmaydi; summa, daromad va savol matnlari yozilmaydi
JoylashuvFaqat brauzerda, «Yonimda» ni bosganingizdaSaqlanmaydiHech kimga
Texnik maʼlumotlar (IP-manzil, brauzer)Vercel xostingi va OpenFreeMap xarita serveri — har bir soʻrovdaShu xizmatlar qoidalari boʻyichaVercel (AQSh), OpenFreeMap

Moliq nima qilmaydi

  • Maʼlumotlaringizni banklar va reklama beruvchilarga sotmaydi va bermaydi.
  • Reklama trekerlari va uchinchi tomon hisoblagichlarini qoʻymaydi — faqat oʻz anonim tashriflar statistikasi.
  • Pasport, karta raqami va SMS kodlarni soʻramaydi — ularni hech kimga aytmang.
  • Moliq indeksini byuroning rasmiy kredit balli sifatida koʻrsatmaydi.

Maʼlumotlarni qanday oʻchirish

  • Qurilmadagi maʼlumotlar (va statistika id si) — istalgan sahifa pastidagi «Maʼlumotlarimni oʻchirish» havolasi yoki profildagi tugma.
  • Hisob va raqam — profildagi «Hisobni oʻchirish»: yozuv bazadan darhol va butunlay oʻchiriladi.

Bank shartlari — MB moliyaviy xizmatlar portali (bankxizmatlari.uz) va bank saytlaridan; hisob-kitoblar — Moliq bahosi, kredit boʻyicha qarorni bank qabul qiladi. Yangilangan: 26.10.2026.